Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg`oniston havo makonini buzib o`tgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bu xabarlarni mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi, deya munosabat bildirdi.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo`shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo`lmagan.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari qo`shni davlatlar aviasiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan.
Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg`ol aviasiyasi qat`iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o`tamoqda, deyiladi vazirlik Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti ma`lumotida.






