AsosiyJamiyat

Andijonda “Lacetti” haydovchisi yo`l chetida qulupnay sotayotgan fuqaroni urib yubordi

'Andijonda “Lacetti” haydovchisi yo`l chetida qulupnay sotayotgan fuqaroni urib yubordi'ning rasmi

29 aprel kuni soat 14.00 atrofida Oltinko`l tumani hududidan o`tgan avtomobil yo`lida “Lacetti” rusumli avtomashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

Holat yuzasidan IIV rasmiy telegram kanalida videolavha e`lon qilindi. Ma`lum bo`lishicha, 1972 yilda tug`ilgan “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetida qulupnay sotib turgan fuqaroni urib ketgan.  Hodisa oqibatida sotuvchi og`ir turdagi tan jarohati olib, hushsiz holatda shifoxonaga yuborilgan. 

“Yo`l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermaslik uchun fuqarolardan belgilanmagan joylarda savdo-sotiq ishlari bilan shug`ullanmasligini so`rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar