AsosiyJamiyat

Qarshi tumanining sobiq hokimi qamoqqa olinganligi haqidagi xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi

'Qarshi tumanining sobiq  hokimi qamoqqa olinganligi haqidagi xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

 Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi tumanining sobiq  hokimi ayblanib, qamoqqa olinganligi” haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan viloyat prokuraturasi raddiya berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 mlrd. 198 mln. so`m miqdoridagi subsidiya mablag`lari talon-toroj qilinganligi holati bo`yicha tuman hokimi sobiq o`rinbosari, qishloq xo`jaligi va irrigasiya bo`limlari boshliqlari jami 3 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 167, 209-moddalari bilan ayblanib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha Qarshi tumanining sobiq hokimi M.Mustafoeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.

Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokimi “jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi haqida” yolg`on ma`lumotlar tarqatilmoqda.

Shunga ko`ra, aholi orasida yolg`on va haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz.

    Boshqa yangiliklar