Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 2 may kuni O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 29-34 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo`ladi.






