AsosiyJamiyat

Toshkentda 1,5 yashar bola 11-qavatdan tushib ketib, halok bo`ldi

'Toshkentda 1,5 yashar bola 11-qavatdan tushib ketib, halok bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lumot berdi.

 Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida kecha, 1 may kuni 1,5 yashar bola 11-qavatdan tushib ketib, halok bo`ldi. 

Aniqlanishicha, 2020 yilda 21 noyabrda tug`ilgan Imomaliev Hasan 2022 yil 1 may kuni Samarqand darvoza ko`chasi Chaqar mahallasida joylashgan 2-a uyning 11-qavat 52-xonadonida 1989 yilda tug`ilgan onasi Norqobilova Gulchexra uy ishlari bilan band bo`lgan vaqtida qarovziz qolib ketgani aniqlangan.

Ma`lum bo`lishicha, xonadonning kirish yo`lagi chap tomonidagi birinchi xonada oyna ochiq qolgan, bundan tashqari, unda himoya to`sig`i ham bo`lmagan. Buning oqibatida oyna yonida bo`lgan divan ustida uynab turgan H. Imomaliev shu joydan pastga ko`p qavatli uyning kirish yo`lagi tomonga tushib ketgan.

 

    Boshqa yangiliklar