Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 3 may kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 25-27 daraja bo`ladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to`zon bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo`ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to`zon bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo`ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 22-27 daraja bo`ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to`zon bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo`ladi.
Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, kuchli bo`lishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo`ladi.






