AsosiyJamiyat

Sirdaryoda oyog`ini mashina oynasidan chiqarib harakatlangan haydovchiga chora ko`rildi

'Sirdaryoda oyog`ini mashina oynasidan chiqarib harakatlangan haydovchiga chora ko`rildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Nexia" rusumli, 20D241CA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasidan tana qismini (oyog`ini) chiqarib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi, deya xabar bermoqda YHXX. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu "Nexia" rusumli, 20D241CA davlat raqam beligili avtomobil haydovchisi, 1983 yilda tug`ilgan Sh.T.ga nisbatan tegishli chora ko`rilib, profilaktik suhbat o`tkazilgan. Shuningdek, videolardagi qolgan qoidabuzarliklar bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar