"Chegarasiz reportyorlar" xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan tuziladigan So`z erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida O`zbekiston o`z ko`rsatkichlarini birdan 24 pozisiyaga yaxshilab, 157-o`rindan 133-o`ringa ko`tarildi.
Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Shu munosabat bilan Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda so`z erkinligini ta`minlash, ommaviy axborot vositalarini jamoatchilik fikrini ifoda etadigan “to`rtinchi hokimiyat”ga aylantirish borasida qo`yilayotgan muhim qadamlarning natijalaridan biri bo`lgan ushbu katta muvaffaqiyat bilan yurtimiz jurnalistikasi, ommaviy axborot vositalari va media sohasi vakillarini tabriklayman”, deyiladi xabarda.






