Rossiya Ukrainadagi harbiy maxsus operasiyani 9 may G`alaba kunigacha yakunlash muddatini sun`iy ravishda o`zgartirmaydi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda "Zamon" nashri yozmoqda.
Harbiylarimiz o`z harakatlarini sun`iy ravishda hech qanday sanaga, jumladan G`alaba kuniga moslashtirmaydi. Biz Ukrainadagi harakatlarimizni faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin e`lon qilgan vazifalarga qaratamiz. Bu tinch aholini himoya qilish va xavfsizligini ta`minlash, Ukraina hududida ular va Rossiya uchun hech qanday tahdid yo`qligi",— deya qo`shimcha qildi Lavrov.
Uning aytishicha, Rossiya tomoni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan taslim bo`lishni talab qilmayapti, u Zelenskiydan Ukraina “neonasist batalyonlari”ga qarshilik ko`rsatishni to`xtatish va barcha tinch aholini ozod qilish haqida buyruq berishni talab qilmoqda.
Rossiya TIV rahbari, shuningdek, Rossiya Ukrainadagi hokimiyatni o`zgartirishga urinmayapti, deb ishontirdi.






