Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qo`ng`iroq qilgan. Bu haqda Le Parisien xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlarining suhbati 2 soat 10 daqiqa davom etgan.
Makron ushbu suhbat mazmuni tafsilotlarini hozircha oshkor qilmadi.
Ayni paytda Kremlning xabar berishicha, Putin Makronning e`tiborini Evropa Ittifoqining "Ukraina xavfsizlik kuchlarining harbiy jinoyatlari"ga e`tibor bermasligiga qaratgan.
Putinning so`zlariga ko`ra, G`arb Kiev rasmiylariga tegishli ta`sir ko`rsatish, shuningdek, Ukrainaga qurol-yarog` etkazib berishni to`xtatish orqali bu “vahshiyliklarni” to`xtatishga yordam berishi mumkin.
Shuningdek, u Kievning “noto`g`ri va jiddiy ishlarga tayyor emasligiga” qaramay, Rossiya tomoni hamon muloqotga ochiqligini aytdi.






