AsosiyJamiyat

Ko`p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishi mumkinmi?

'Ko`p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishi mumkinmi?'ning rasmi

Hokimliklar ko`p kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatiga aralashuviga yo`l qo`yilmaydi.

🔹Ko`p kvartirali uyni boshqarish, uning boshqaruv usulini belgilash tartibi qanday?

▫️Ko`p kvartirali uyni boshqarish, boshqaruv usulini belgilash uy-joylar mulkdorlarining umumiy yig`ilishi tomonidan hal etiladi.

▫️Umumiy yig`ilish quyidagi vakolatlarga ega:

➖banklardan kredit olish to`g`risida qarorlar qabul qilish;

➖ko`p kvartirali uylarning boshqarish organlari faoliyatini nazorat qilish;

➖ko`p kvartirali uylar boshqarish organlarining hisobot berish tartibini belgilash.

 Boshqarish usulini tanlash to`g`risida mulkdorlar o`rtasida kelishuvga erishilmaganda Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish hududiy bo`linmasi 3 oyda boshqarish organi vazifalarini amalga oshiruvchi boshqaruv tashkilotini belgilaydi.

 Boshqarish usuli umumiy yig`ilishning qarori asosida istalgan vaqtda o`zgartirilishi mumkin.

Umumiy yig`ilishning boshqaruv usulini tanlash to`g`risidagi qarori mazkur ko`p kvartirali uydagi barcha mulkdorlar uchun majburiy.

Ko`p kvartirali uyni shirkatlar boshqarishi mumkinmi?

▫️Ha, mumkin. Shirkat uy-joylar mulkdorlarining tashabbusiga ko`ra tashkil etiladi va o`z ustaviga muvofiq o`zini o`zi boshqarish asosida faoliyat ko`rsatadi.

Shirkatni tashkil etish to`g`risidagi qaror har bir ko`p kvartirali uydagi barcha joylar mulkdorlarining yoki ular vakillarining 50%dan ko`pi hozir bo`lgan joylar mulkdorlarining ta`sis yig`ilishida qabul qilinadi.

 Shirkat raisi vakolati tugatilganda, 3 ish kunida rais ko`p kvartirali uyning texnik hujjatlarini, qoldiq pul mablag`larini, shirkat muhrini va shirkatni boshqarish bilan bog`liq boshqa hujjatlarni, rais majburiyatlarini zimmasiga olgan shaxsga topshirishi shart.

🔹Ko`p kvartirali uylarni boshqarishga hokimliklar g`ayriqonuniy aralashganda uy-joy mulkdorlarining qanday huquqlari mavjud yoki ular qaerga murojaat qilishlari mumkin?

▫️Bunday holatda ma`muriy sudlarga murojaat qilish mumkin. Manfaatdor shaxslar ma`muriy organning qarorlarini haqiqiy emas, ular mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to`g`risida ariza (shikoyat) bilan ma`muriy sudga murojaat qilishga haqli.

▫️Manfaatdor shaxs o`zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to`g`risida ma`lum bo`lgan paytdan 3 oy ichida sudga murojaat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar