«O`zbekiston temir yo`llari» xabariga ko`ra, joriy yil 6 va 7 may kunlari Samarqand – Toshkent – Samarqand yo`nalishida 767/768-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» poezdining qo`shimcha qatnovlari yo`lga qo`yiladi.
Qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olish mumkin, deyiladi xabarda.






