AsosiyJamiyat

Mirziyoev va Rahmon bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

'Mirziyoev va Rahmon bir-birini Ramazon hayiti bilan tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 may kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

Etakchilar muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi. Oliy darajadagi muzokaralar yakunida qabul qilingan bitimlar va erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi batafsil muhokama qilindi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan o`zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi, transport sohalari va boshqa yo`nalishlarda ustuvor kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Davlat rahbarlari hududlar o`rtasidagi muloqotlarni faollashtirish va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish zarurligini ta`kidladilar.

O`zaro loyihalar va ko`p qirrali hamkorlik dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun ikki mamlakat hukumatlari darajasida muntazam uchrashuvlar o`tkazish va muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani qayd etildi.

Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi, bo`lajak ikki va ko`p tomonlama tadbirlar rejasi ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch va do`stlik ruhida o`tdi.

    Boshqa yangiliklar