Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda “T.F.” MChJ rahbari Sh.F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvesiya davlatiga yuborish va ishga kiritib qo`yish masalasini 4 000 AQSh dollari evaziga hal qilib berishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






