Ijtimoiy tarmoqlarida “So`x tumanida maktabda jiyanining ro`moliga qarshilik bo`lgani uchun uning tarafini olgan erkakni 10 sutkaga qamab qo`yilgan”i haqida xabarlar tarqaldi.
Farg`ona viloyati IIBning ma`lum qilishicha, 2022 yilning 18 aprel kuni So`x tumanida istiqomat qiluvchi X.R va A.R.lar jamoat joyi hisoblangan So`x tumani XTBga qarashli 25-sonli maktabga borib, hech bir sababsiz o`qituvchilarni turli uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, baqir-chaqir qilib o`sha erda bo`lgan o`qituvchi va o`quvchilarning tinchligini buzib, huquqbuzarlik sodir qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB HPB profilaktika inspektori tomonidan ma`muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo`yicha So`x tuman sudiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha So`x tuman sudining 2022 yilning 27 aprel kunidagi qaroriga muvofiq yuqoridagi ikki nafar shaxslar Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga 10 (o`n) sutka muddatga ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.






