Bu haqda bugun AOKAda o`tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriev ma`lum qildi.
2023 yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida «Masofaviy bojxona nazorati» tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 dekabrdan bojxona ko`rigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi.
2022 yil 1 iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari internet tarmog`i orqali real vaqt rejimida e`lon qilib borish yo`lga qo`yiladi.
2022 yil 1 sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplaens nazorat tizimi to`laqonli ishga tushiriladi.
2022 yil 1 oktyabrga qadar bojxona yuk deklarasiyalarini «Masofaviy elektron deklarasiyalash» bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.






