Joriy yilning 4 may kuni soat 15:30 larda, Farg`ona viloyati, Uchko`prik tumani, Mehnatobod qishlog`i hududidan o`tgan avtomobil yo`lida haydovchi 1988 yilda tug`ilgan H.A. "MAN" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, o`zidan oldinda, svetoforning taqiqlovchi chirog`ida to`xtab turgan haydovchi, 1972 yilda tug`ilgan I.U. boshqaruvidagi "MAN" rusumli yuk avtomobiliga ulangan, engil avtomobillarni tashishga mo`ljallangan yarim tirkamaning orqa tomoniga to`qnashgan.
Shuningdek, zarb oqibatida boshqaruvni yo`qotib, o`zidan oldinda bo`lgan yana bir haydovchi, 1965 yilda tug`ilgan A.K. boshqaruvidagi "Cobalt" rusumli avtomobilning yon tomoniga urilgan.
YTH natijasida, haydovchi H.A. engil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan. To`qnashuvda ishtirok etgan transport vositalariga hamda yarim tirkama ustiga ortilgan "Damas" rusumli avtomobillarning to`rt donasiga texnik shikast etgan.
Hozirda ushbu YTH yuzasidan Uchko`prik tumani IIB YHXG xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.