AsosiyJamiyat

Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo`lgan o`zgarishlarni ko`rgandagina his qiladi – Prezident

'Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo`lgan o`zgarishlarni ko`rgandagina his qiladi – Prezident'ning rasmi

 

Prezident raisligida tez tibbiy va shoshilinch yordam xizmati faoliyatini takomillashtirish bo`yicha videoselektor yig`ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tibbiyot tizimidagi islohotlarimizni odamlar, birinchi navbatda, tez tibbiy va shoshilinch yordamda bo`lgan o`zgarishlarni ko`rgandagina his qiladi.

Inson sog`lig`i va uning hayotini saqlab qolishda “oltin soat” oralig`ida birinchi yordam ko`rsatuvchi bo`g`in, albatta, tez tibbiy va shoshilinch yordam hisoblanadi.

Aytish joizki, ushbu soha umuman e`tibordan chetda qolib ketgan edi.

Mana, so`nggi besh yilda ushbu hayotiy muhim sohalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish bo`yicha katta ishlarni boshladik”, dedi davlatimiz rahbari so`zining avvalida.

Jumladan, bu davrda:

- 2 224 ta yangi tez yordam mashinalari olib berildi yoki transport parkining 80 foizi yangilandi;

- zamonaviy reanimasiya mashinalari soni 24 tadan 435 taga ko`paytirildi;

- bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablag`lar miqdori 16 baravarga, dori-darmon turlari 20 tadan 45 tagacha oshirildi.

    Boshqa yangiliklar