Tizimdagi eng katta muammo – shoshilinch yordam bemor uchun eng yaqin tibbiyot muassasasida emas, balki faqatgina oldindan biriktirilgan sanoqli shifoxonalarda ko`rsatilishi qayd etildi.
Misol uchun, Mirzo Ulug`bek tumani, “Qorasuv-1” mavzesida “o`tkir bosh-miya jarohati” olgan bemorni, tez yordam brigadasi yo`lidagi eng yaqin shifoxona – Respublika neyroxirurgiya markaziga emas, balki Chilonzordagi Respublika shoshilinch markaziga olib borishga majbur.
Shu kabi, Farg`ona tumani Mindonobod qishlog`ida viloyat Kardiologiya markazi bo`lsada, ushbu qishloqdagi yurak xurujiga uchragan bemorni tez yordam 15 kilometr yo`l bosib, Vodilda joylashgan tuman shifoxonasiga olib boradi.
Shu bois, tez tibbiy va shoshilinch yordam tizimini takomillashtirish bo`yicha alohida dastur ishlab chiqildi va barcha hokimlarga etkazildi.
Lekin, aksariyat viloyat, tuman va shahar hokimlari bu masalaning mazmun-mohiyatini hali to`liq tushunib etgani yo`q, ayrimlari esa tushunishni xohlamayapti, dedi Prezident.