AsosiyJamiyat

Endi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelgan yo`lovchilar o`z bagajlarini onlayn-efir orqali ko`rib turishlari mumkin bo`ladi

'Endi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelgan yo`lovchilar o`z bagajlarini onlayn-efir orqali ko`rib turishlari mumkin bo`ladi'ning rasmi

​​Toshkent aeroportida bagaj bo`linmasining ishi namoyish etila boshlandi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, endilikda “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelgan yo`lovchilar o`z bagajlarini onlayn-efir orqali tomosha qilish imkoniga ega bo`ldilar. Bagaj  bo`linmasidan olingan video uchish zalida ikki tomondagi yuk lentalarining tepasiga o`rnatilgan monitorlarda ko`rsatiladi.

“Biz yuklarini kutayotgan yo`lovchilar uchun bagaj  bo`linmasida to`g`ridan-to`g`ri namoyishni yo`lga qo`ydik. Bu dunyoning ko`plab aeroportlarida qo`llanilayotgan tajriba. Bagaj lentaga tushiriladi va har bir kishi o`z narsalariga qanday munosabatda bo`layotganini ko`rishi mumkin. Shuningdek, bu yukchilarni ham intizomga chaqiradi, chunki ular kameralar orqali video uchib kelish zalida ko`rsatayotgani haqida ogohlantiriladi. Bundan tashqari, hozirda hendling kompaniyasi bagajni kutish vaqtiga katta e`tibor qaratmoqda – bu o`rtacha 20 daqiqadan oshmasligi kerak”, - deydi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra`no Jo`raeva.  

Ta`kidlanishicha, “Toshkent” xalqaro aeroportida bunday yangilik ilk marotaba amalga oshirildi va yo`lovchilar uchun xizmat ko`rsatish sifatini yaxshilashga, shuningdek, boshqaruv kompaniyasi hamda aeroportning ochiq axborot siyosatini shakllantirishga qaratildi.

    Boshqa yangiliklar