O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 24-29° gacha isiydi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-29° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° bo`ladi.






