O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan madaniy meros yodgorliklarini muhofaza qilish maqsadida "Ishonch telefoni" ishga tushirildi.
Vazirlik bu haqda xabar bermoqda.
Endi O`zbekiston fuqarolari va mamlakatga tashrif buyurgan mehmonlar biror bir obidaga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar yoki ularga bo`layotgan xavfni sezgan holatda, +(71) 200 01 18 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin bo`ladi.






