AsosiyDunyo

Ukrainaga shu paytga qadar qancha moliyaviy yordam berilgani ma`lum bo`ldi

'Ukrainaga shu paytga qadar qancha moliyaviy yordam berilgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

G`arb davlatlari fevral oxiridan buyon Kievga 12 milliard dollarlik harbiy va moliyaviy yordam etkazib bergan. Zamon.uz' nashrining yozishicha, Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal buni ma`lum qilgan.

"Keng qamrovli urush harakatlari boshlanganidan buyon Ukraina 12 milliard dollarlik qurol ko`rinishidagi va moliyaviy yordam qabul qildi", — degan u Varshavadagi Ukrainaga yordam uchun o`tkazilgan konferensiyada.

Eslatib o`tamiz, Shmigal aprel oxirida Vashingtondagi chiqishida yaqin istiqbolda Kiev uchun oyiga 4-5 milliard dollar moliyaviy yordam zarurligini aytgandi.

    Boshqa yangiliklar