AsosiyJamiyat

"Kavkaz hududlaridan nam havo..." O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'"Kavkaz hududlaridan nam havo..." O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Qoraqalpog`istonning shimolida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-29° atrofida bo`ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kunduzgi havo harorati 30-35° gacha ko`tariladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlari Kavkaz huddularidan kirib kelgan nam havo massasi ta`siri ostida bo`ladi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

9-10 may kunlari nam havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg`ir yog`adi, 9 mayda Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, 10 mayda respublika hududining katta qismida kuchli jala yomg`irlar yog`ishi mumkin. 9 mayda kunduzgi havo harorati 30-35° atrofida saqlanib turadi, 10 mayda 23-28° gacha pasayadi.

8 mayda shimolda va cho`l hududlarda, 9-10 mayda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho`l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to`zonlari kuzatilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar