AsosiyJamiyat

Poytaxtda ilk bor street-art festivali: go`zallikdan hayratgacha...

'Poytaxtda ilk bor street-art festivali: go`zallikdan hayratgacha...'ning rasmi

Yurtimizga rassomchilik san`atining yangi yo`nalishlari kirib kelmoqda. Jumladan, street-art yo`nalishi ham ana shunday yangi rassomlik turi hisoblanadi. Poytaxtimizning "Arca" mebel saloni oldida O`zbekistondagi birinchi yirik xayriya street-art festivali bo`lib o`tdi. 10 dan ortiq rassomlar ushbu festivalda ishtirok etib, street-art yo`nalishida devorlarga rasm chizishgan. Har bir rasm egalari 1-2-3 o`rinlar uchun kurashishmoqda. Ushbu rasmlar ostida esa maxsus kuar-kod bo`lib, ularning ishlariga shu orqali ovoz beriladi. G`olib va sovrindorlar kompyuter, smartfon va boshqa qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanishadi.

Boshqa yangiliklar