Bu haqda AQShning O`zbekistondagi elchixonasi rasmiy sahifasida xabar berildi, deya xabar bermoqda "Zamon" nashri.
AQSh elchixonasi xabariga ko`ra, 2023 yilgi «Green-card» javoblari 8 may kunidan boshlab e`lon qilinadi. Lotereyada qatnashganlar ushbu link orqali javoblarni bilib olishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, AQSh DV-2023 lotereyasi (grin karta) 2021 yil 6 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanib, 2021 yil 9 noyabr soat 21:00 da tugagan edi.