O`zbekistonga tashrif buyurayotgan mehmonlar va mahalliy aholi uchun qulaylik yaratish, shuningdek, mamlakatda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan airways” AJ 2022 yil 4 maydan Urganch – Farg`ona – Urganch yo`nalishida yangi qatnovni yo`lga qo`ydi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ma`lum qilinishicha, parvozlar haftada bir marta – chorshanba kunlari amalga oshiriladi.






