AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan ingliz tili Kembrij metodikasi asosida o`qitiladi

'Yangi o`quv yilidan ingliz tili Kembrij metodikasi asosida o`qitiladi'ning rasmi

Yangi o`quv yilidan ingliz tili hamda informatika fani Kembrij darsliklari va metodikasi bo`yicha o`qitiladi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Respublika ta`lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullaeva ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Zamon" nashri.

Ma`lum qilinishicha, 2021/2022 o`quv yili uchun 1-, 2-sinflarda 154 nafar mualliflar ishtirokida 326 nomda zamonaviy o`quv-metodik adabiyotlar yaratilgan. 

Yangi o`quv yilidan boshlab 1-11 sinflarda ingliz tili hamda 5-11 sinflarda Informatika fani Kembrij darsliklari va metodikasi bo`yicha o`qitiladi. USAID xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha doirasida jami 46 nomdagi o`quv adabiyotlari O`zbekistonga moslashtirildi, tarjima qilindi hamda tajriba-sinovdan o`tkazilgan.

Shuningdek, milliy sinflar uchun 2-11 sinf rus tili darsliklari hamda o`qituvchi kitobi, mashq daftarlari, jami 20 nomdagi adabiyotlarning original maket loyihasi Gertsen Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan tayyorlangan. Shuningdek, nemis tili o`qitiladigan sinflarda joriy yilda Germaniyaning “Klett” nashriyotining 28 nomdagi Nemis tili darsliklari amaliyotga kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar