Italiyaning Jesolo shahrida bo`lib o`tayotgan para engil atletika bo`yicha “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Pri turnirining ikkinchi kuni ham O`zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Xususan, kecha o`zbekistonlik sportchi turnirda qit`a rekordini yangilaganini ma`lum qilgandik.
Bugun esa erkaklar o`rtasida T13 klassida 100 metr masofaga yugurish bo`yicha Doniyor Axmedov oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.Qayd etilishicha, xuddi shu masofaga T36 klassida yugurishda ishtirok etgan Izzat Turg`unov ham oltin medalga sazovor bo`ldi.
Bundan tashqari, ayolllar o`rtasida T11 klassida 100 metr masofaga yugurishda yana bir O`zbekiston vakili Asila Mirzayorova 3 natijani qayd etgan va bronza medalini qo`lga kiritgan
Ayni damda delegasiya hisobida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.






