JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Ukrainaga ishchi tashrif bilan keldi. Bu haqda u o`zining Twitter sahifasida ma`lum qilgan, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.
"Ukrainaga etib keldim", — degan Gebreyesus.
Gebreyesus, shuningdek, ukrainalik bolalarga ko`rsatilayotgan yordamni ko`paytirish zarurligini ta`kidlagan.
"O`zim urushda katta bo`lgan bola sifatida men bolalarning nimani his qilayotganini tushunaman", — deb qo`shimcha qilgan u.
Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida JSST rahbari tashkilotning Ukrainadagi xodimlari bilan uchrashishni rejalashtirgan.






