AsosiyJamiyat

Mehnat munosabatlariga oid ishlarda sud harajatlarini kim to`laydi?

'Mehnat munosabatlariga oid ishlarda sud harajatlarini kim to`laydi?'ning rasmi

Ish beruvchi xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun Mehnat kodeksida belgilangan intizomiy jazo choralarini (hayfsan, jarima, ishdan bo`shatish) qo`llashga haqli, deyiladi Adliya vazirligi ma`lumotida.

Intizomiy jazo qo`llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

Intizomiy jazoni qo`llanishda sodir etilgan nojo`ya xatti-harakatning qay darajada og`ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.

️Xodim qo`llanilgan intizomiy jazodan norozi bo`lgan taqdirda 3 oy muddat ichida sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etishga haqli.  

Xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo`yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to`lashdan ozod etiladilar.

    Boshqa yangiliklar