AOKAda o`tkazilgan brifingda «O`ztemiryo`lnazorat» inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Firdavs Xayriddinov joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.
“O`ztemiryo`lnazorat” inspeksiyasi tomonidan 2022 yilning yanvar-mart oylarida 51 ta (2021 yilning shu davrida 53 ta) tekshiruvlar amalga oshirilgan.
Temir yo`llarda tashishlar xavfsizligi buzilishlari 10 ta holatda – harakatdagi tarkib va texnik vositalarning texnik nosozliklari; 5 ta holatda – “inson omili”ning salbiy ta`siri sababli yuzaga kelgan.






