AsosiyJamiyat

Talabalar yotoqxonasini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish uchun subsidiya beriladi

'Talabalar yotoqxonasini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish uchun subsidiya beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022 y.) bilan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi . Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Nizomga ko`ra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo`yicha bir o`ringa to`g`ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo`lmagan miqdorda ajratiladi.

 Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o`rtasida tender o`tkaziladi.

Nizomga ko`ra, DXSh to`g`risidagi bitim DXSh loyihalarining reestriga kiritilganidan so`ng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish to`g`risida ariza bilan murojaat qiladi.

 Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qo`shimcha o`rganish uchun – 10 ish kuni ichida) o`rganib chiqib, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga yuboradi.

Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida o`rganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.

Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.  

Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablag`larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.  

Ma`lumot uchun: 2022–2025 yillarda respublika bo`yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 o`rinli) barpo etish nazarda tutilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar