AsosiyDunyo

"Ukrainadagi urush yillab davom etishi mumkin"

'"Ukrainadagi urush yillab davom etishi mumkin"'ning rasmi

NATO Ukrainani qo`llab-quvvatlaydi, lekin mojaroni kattalashtirish niyatida emas.  Zamon.uz' nashri bu haqda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ittifoq Bosh kotibi Yens Stoltenberg  “Welt am Sontag” gazetasiga bergan intervyusida urushning boshqa davlatlarga tarqalishini oldini olish kerakligini aytgan. 

“Afsuski, biz Ukrainada oylar va hatto yillar davom etishi mumkin bo`lgan uzoq urushga tayyor bo`lishimiz kerak. Uzoq muddatda Ukraina faqat Sovet Ittifoqi qurollari bilan o`zini himoya qila olmaydi va G`arbning zamonaviy qurollariga o`tishi kerak. Ukraina ko`proq og`ir qurollarga muhtoj, G`arb ta`minotni kuchaytirishi kerak. 

Biz bu davlatni qo`llab-quvvatlaymiz, ammo NATO ongli ravishda urush ishtirokchisi emas. Shuning uchun biz Ukrainaga NATO qo`shinlarini jo`natmaymiz”, — deya tushuntiradi Stoltenberg.

    Boshqa yangiliklar