AsosiySport

“Italian Open 2022”: O`zbekiston jamoasi xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunladi

'“Italian Open 2022”: O`zbekiston jamoasi xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunladi'ning rasmi

Joriy yilning 6 may kuni Italiyaning Jesolo shahrida para engil atletika bo`yicha xalqaro Gran-Pri turniri boshlangan edi. Avvalroq o`zbekistonlik sportchi turnirda qit`a rekordini yangilaganini ma`lum qilgandik. Ayni damda Sportni rivojlantirish vazirligining xabar berishicha, O`zbekiston jamoasi xalqaro Gran-Prini 17 ta medal bilan yakunladi.

Jumladan, erkaklar o`rtasida F36/37 klassida disk uloqtirish bahslarida Shaxboz Rajabboev 41,35 metr natija bilan oltin medalni qo`lga kiritgan bo`lsa, xuddi shu yo`nalishda kumush medal ham O`zbekistonga nasib etgan. Aniqrog`i, Hayrullo Madaminov 38,44 metr natija bilan 2 o`rinni egallagan.

Bundan tashqari, erkaklar o`rtasida F32/33 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o`zbek vakili Jasur Xo`jaev 10,60 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo`lgani ma`lum qilindi.

Erkaklar o`rtasida T13 klassida uzunlikka sakrash yo`nalishida Doniyor Axmedov 5,95 metr natija qayd etgan va kumush medalga sazovor bo`lgan.

Ayollar o`rtasida T11 klassida 200 metrga yugurish bahslarida qatnashgan Asila Mirzayorova 28,07 soniya vaqt bilan kumush medalni qo`lga kiritgani qayd etilgan. Xuddi shu yo`nalishda T12 klassida startga chiqqan Yoqutxon Xolbekova 29,73 soniya natija bilan bronza medaliga ega chiqqan.

Shuningdek, erkaklar o`rtasida F46 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan O`zbekiston vakili Musulmonqul Axmedov 12,07 metr natija qayd etgan va bronza medali sohibi bo`lgani aytiladi.

Shu tariqa delegasiyamiz “Italian Open 2022” xalqaro Gran-Prisini 17 ta medal bilan yakunladi. Shulardan 6 tasi oltin, 5 tasi kumush va 6 tasi bronza.

Oltin  

Izzat Turg`unov (2ta)

Mahliyo Akramova (1ta)

Doniyor Axmedov (1ta)

Yoqutxon Xolbekova (1ta)

Shaxboz Rajabboev (1ta)

Kumush

Doniyor Axmedov (2ta)

Hayrullo Madaminov (1ta)

Jasur Xo`jaev (1ta)

Asila Mirzayorova (1ta)

Bronza

Jamoliddin Akobirov (2ta)

Asila Mirzayorova (2ta)

Yoqutxon Xolbekova (1ta)

Musulmonqul Axmedov (1ta).

    Boshqa yangiliklar