AsosiyJamiyat

Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... Bugun O`zbekistonda bo`lishi kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi

'Yomg`ir, shamol, momaqaldiroq... Bugun O`zbekistonda bo`lishi kutilayotgan ob-havo ma`lumoti e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi.

Qayd etilishcha, Qoraqalpog`istonda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 

Shuningdek, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechqa tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkinligi aytiladi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang- to`zon kuzatilishi mumkin. Havo 32-37° gacha, shimolda 20-25° gacha isiydi.

Poytaxt Toshkentda kechqa tomon qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 34-36° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`iadi, momaqaldiroq bo`ladi. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Harorat 34-36° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar