AsosiyJamiyat

Farg`ona vodiysidan jahon faunasi uchun gekkonlarning yangi turi topildi

'Farg`ona vodiysidan jahon faunasi uchun gekkonlarning yangi turi topildi'ning rasmi

Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti ilmiy xodimlari tomonidan Farg`ona vodiysida yashovchi kamyob va endemik sudralib yuruvchilarning terisidan olingan namunalar ustida olib borilgan genetik tadqiqot natijalariga ko`ra dunyo faunasi uchun ilk marotaba Alsophylax sp.  gekkoni aniqlandi.

Fanlar akademiyasi axborot xizmati xabar berishicha Farg`ona vodiysida ko`plab zoologik tadqiqotlar o`tkazilganiga qaramay, bu tur endigina kashf etildi. 

"Bu, ehtimol ushbu turning maxsus biologiyasi va ekologiyasi bilan bog`liq. Ushbu tur kichik o`lchamga ega bo`lib, voyaga etganlarining kattaligi boshi bilan o`rtacha 3 - 3,5 santimetrni tashkil qiladi. Bu tur faqat tungi faol bo`lib, xavf tug`ilganda tuproqning yoriqlari va notekis joylariga yashirinadi. Shuningdek, bu tur akustik signallar yordamida muloqot qiladi",-deya ma`lumot berib o`tiladi.

Ma`lum qilinishicha, bu tur hozirgacha faqat O`zbekiston hududida topilgan.

    Boshqa yangiliklar