AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kinoijodkorlar ishtirokida madaniy-ma`rifiy tadbirlar davom etmoqda

'Qashqadaryoda kinoijodkorlar ishtirokida madaniy-ma`rifiy tadbirlar davom etmoqda'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining mahallalarida, tuman va qishloqlarida madaniy-ma`rifiy tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda O`zA xabar bermoqda. 

Chiroqchi tumani bolalar musiqa va san`at maktabida, Sariq qishlog`i 16-maktabda, Koson tumani 37-maktabda, Kasbi tumani Denov MFYda va boshqa hududlarda ijodiy uchrashuvlar, ko`ngilochar tadbirlar va davra suhbatlari o`tkazildi.

Shuningdek, kinoijodkorlar viloyat endokrinologiya va kardiologiya ilmiy markaziga tashrif buyurib, bemorlar bilan suhbatlashdi.

Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Yoshlik kinostudiyasi” tomonidan Qarshi davlat universitetida jami 150 taga yaqin talaba-yoshlar o`rtasida kinokastinglar bo`lib o`tdi. Mazkur kinokastinglarda yoshlarni aktyorlik, xonandalik va san`atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste`dodlarini aniqlab, moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash kabi maqsadlar ilgari surilgan.

Kinematografiya agentligi va Xalq ta`limi vazirligi hamkorligida viloyat umumta`lim maktablarida “Film qahramonlaridan o`rnak olamiz!” mavzusida insholar tanlovi bo`lib o`tmoqda. 5 maydan buyon shu kunga qadar 1 ming 204 ta umumta`lim maktabining 8-11 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilgan insholarda 200 mingga yaqin o`quvchilar ishtirok etishdi. Hozirda tuman bosqichiga tayyorgarlik ko`rilmoqda.

Agentlik tomonidan "Kinoklub" ixtisoslashtirilgan maxsus avtrotransportlarda "101", "Bir kunlik to`y", "Ayol qalbi", "Tutqunlik", "Afv", "Maktab-hayotim" kabi filmlar namoyishlari hamda "101 reys" filmining ilk premeralari bo`lib o`tmoqda.

Qashqadaryo viloyatidagi mazkur tadbirlar 15 may sanasiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar