AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab Kavkaz hududlaridan salqin havo kirib keladi. "O`zgidromet" joriy hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi

'O`zbekiston bo`ylab Kavkaz hududlaridan salqin havo kirib keladi. "O`zgidromet" joriy hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi'ning rasmi

Ushbu hafta salqin bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar qildi. 

Keltirilishicha, bugun O`zbekistonning barcha hududlari Kavkaz hududlaridan kirib kelgan salqin va nam havo massasi ta`siri ostida bo`ldi. Hududlarning katta qismida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni kunning me`yoriy qiymatlaridan 3-4° ga kam bo`ladi va 20-25° dan yuqori bo`lmaydi.

Ertaga faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechasi va ertalab, Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa kun davomida yomg`ir yog`ish ehtimoli saqlanib turadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° atrofida bo`ladi.

Payshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga yana nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, bunda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 13 mayda juma kuni nam va salqin havo massasi mamlakatimizning barcha hududlarini kamrab oladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Shimolda yog`ingarchilik to`xtaydi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 12-17° ni, kunduz kunlari 12 mayda 23-28° ni tashkil etadi, 13 mayda yomg`ir paytida 21-26° gacha pasayadi.

Hafta davomida respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar