AsosiyJamiyat

Toshkentda “Tracker” YPX xodimini urib ketgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Toshkentda “Tracker” YPX xodimini urib ketgani bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda IIBB xodimi Ishtirokida sodir bo`lgan YTH videosi tarqalmoqda.   

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, ushbu hodisa 2021 yilning 23 sentyabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko`chasida sodir bo`lgan. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboev xizmat vazifasini o`tash jarayonida, 1973 yilda tug`ilgan Sh.U. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinani xushtak va jezl orqali to`xtatgan vaqtida, uning orqasidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug`ilgan K.U. “Tracker” rusumli avtomashinani boshqaruvini yo`qotib, “Cobalt” bilan to`qnashgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag`darilib daraxtga urilgan.
YTH natijasida YHXB inspektori hamda “Tracker” avtomashinasining yo`lovchisi D.U. tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov yakuni bo`yicha to`plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. Hozirda YHXB xodimining ahvoli yaxshi.

    Boshqa yangiliklar