AsosiyJamiyat

FVV sel kelish xavfi kutilayotgan hududlar ro`yxatini e`lon qildi

'FVV sel kelish xavfi kutilayotgan hududlar ro`yxatini e`lon qildi'ning rasmi

Joriy yilning 9-13 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli, respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida kel kelish xavfi e`lon qilindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Jumladan .

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;

Farg`ona viloyati: So`x, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

Tog`li va tog`oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`raladi.

Shuningdek, FVV matbuot xizmati sel kelganda zarur harakatlar bo`yicha tavsiyalarni ham e`lon qildi. 

Qayd etilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to`g`risida habar eshitgandan so`ng darxol xavfsiz joyga ko`chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo`lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.

Shuningdek:

—  sel oqimidan xalos bo`lishning iloji bo`lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;  

—  sel oqimi o`tgandan so`ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta`minotining sozligini tekshirish zarur.

    Boshqa yangiliklar