Turkish Airlines Istanbuldan Buxoroga parvozlarni yo`lga qo`ydi. Bu haqda UzDaily.com sayti kompaniya bosh direktori Bilol Ekshiga tayanib ma`lum qildi.
Unga ko`ra, aviakompaniya 7 iyundan Buxoroga parvozlarni yo`lga qo`yadi.
Shuningdek, aviakompaniya Toshkent, Farg`ona, Urganch va Samarqandga parvozlar chastotasini oshirmoqda. 9 maydan boshlab aviakompaniya Toshkent va Istanbul o`rtasida haftasiga 17 marta parvoz qiladi.
Shuningdek, Turkish Airlines Istanbul va Farg`ona o`rtasidagi reyslar sonini 10 maydan haftasiga 3 ta, Istanbul va Samarqandga haftasiga 4 taga, Istanbul-Urganch o`rtasida esa 16 maydan haftasiga 2 taga oshirmoqda.






