Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzaeva ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lum qilindi:
Ta`kidlanishicha, yanvar-mart oylari davomida ishlab chiqarishda yuz bergan 132 ta baxtsiz hodisa belgilangan tartibda maxsus tekshirilgan, shulardan 26 tasi o`lim bilan tugagan, 97 tasi oqibati og`ir va 9 tasi guruhiy baxtsiz hodisalarni tashkil etdi. Yuz bergan baxtsiz hodisalar natijasida 42 nafar xodim halok bo`lgan, 104 nafar xodim og`ir tan jarohati va 4 nafari engil tan jarohati olgan.
5 972 ta korxonada o`tkazilgan nazorat tadbirlarida 11 315 ta qonun buzilish holati aniqlanib, 2 483 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 4 mlrd 864 mln 600 ming so`m miqdorida ma`muriy jarimalar qo`llanilgan.






