AsosiyJamiyat

Samarqand viloyatining ba`zi tumanlariga kuchli sel keldi

'Samarqand viloyatining ba`zi tumanlariga kuchli sel keldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyatining ba`zi tumanlariga kuchli sel keldi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan FVV quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.

Kecha, 9 may kunidan 10 may kuniga o`tar kechasi Samarqand viloyati Samarqand tumani “Yuqori Ohalik” MFYda qisqa muddatli ko`p miqdorda yomg`ir yog`ishi natijasida ushbu hududidan oqib o`tuvchi soyga yomg`ir suvlari sig`may, toshib chiqish holati yuzaga kelgan.

Hodisa oqibatida taxminan soat 23:30 larda ushbu maxallada yashovchi fuqaro M.Aga tegishli bo`lgan Jiguli “VAZ-21011” rusumli avtomobil yashash uyi yaqinidagi soy suv yo`lida qolganligi sababli kelayotgan yomg`ir suvlari uni taxminan 40-50 metr masofaga surib borgan, natijada avtomobilga qisman  zarar etgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q. Mazkur holat yuzasidan tuman FV bo`limiga fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

    Boshqa yangiliklar