AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 2022 yil birinchi choragida 37 ta yangi fotoradar hamda kameralar ishga tushirildi

'O`zbekistonda 2022 yil birinchi choragida 37 ta yangi fotoradar hamda kameralar ishga tushirildi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi IIV JXD Yo`l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2022 yilning birinchi choragida o`rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o`rnatilgan manzillari bo`yicha ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, respublika hududidagi avtomobil yo`llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me`yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalari hisoblanadi.

Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:

  • Surxondaryo viloyatida – 10 ta;
  • Xorazm viloyatida – 7 ta;
  • Qashqadaryo viloyatida – 5 ta;
  • Toshkent shahrida – 5 ta;
  • Farg`ona viloyatida – 4 ta;
  • Toshkent viloyatida – 4 ta;
  • Buxoro viloyatida – 2 ta.

O`zbekiston hududida 2022 yil birinchi choragida yangi o`rnatilgan fotoradar hamda intellektual kuzatuv kameralari aniq manzili va qoidabuzarlik turlari bo`yicha ro`yxati.

    Boshqa yangiliklar