"Tolibon" hokimiyatni egallagach, Tojikistonga olib kelingan afg`on samolyotlari toliblarga berilmaydi. Bu haqda AQShning Tojikistondagi elchisi Jon Mark Pommershaym ma`lum qildi, bdeya yozmoqda "Zamon" nashri.
Uning so`zlariga ko`ra, hozirda bu masala Vashington va Dushanbe tomonidan ko`rib chiqilmoqda. Ammo rejada ularni "Tolibon"ga qaytarish varianti yo`q.
Avvalroq O`zbekiston ham samolyot va vertolyotlar Afg`onistonga qaytarilmasligini ma`lum qilgandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bu qarorni samolyot va vertolyotlar AQSh mulki ekanligi bilan bog`lagan.
Turli ma`lumotlarga ko`ra, Afg`oniston harbiy-havo kuchlariga tegishli 25 samolyot va vertolyotlar mamlakat hududidan olib chiqib ketilgan.