AsosiyJamiyat

Toshkentdan bo`lib to`lash sharti bilan uy olmoqchi bo`lgan fuqaro MChJ rahbarining firibiga uchradi

'Toshkentdan bo`lib to`lash sharti bilan uy olmoqchi bo`lgan fuqaro MChJ rahbarining firibiga uchradi'ning rasmi

Mirobod tumanida fuqarolarga bo`lib to`lash sharti bilan uy-joy olib berishni va`da qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.

 “S.H.” MChJ rahbari M.S. Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida boshqa MChJ tomonidan qurilayotgan ko`p qavatli uyni go`yoki “S.H.” MChJ qurayotganligiga fuqarolar M. va G.ni ishontirib, ushbu uylardan 1 tadan xonadonni soxta shartnomalar tuzish orqali bo`lib to`lash sharti bilan sotishga kelishib, ularning jami 217 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar