O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Safar davomida borilishi rejalashtirilgan joylar ko`p va xilma-xil. Jumladan, qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik, to`qimachilik tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko`zdan kechirish mo`ljallangan.
Tashrif tafsilotlari bilan Farg`onadan "Darakchi" muxbiri bevosita tanishtirib boradi.






