Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasining moddiy javobgar shaxslari tomonidan 7 ta xo`jalik yurituvchi sub`ektlardan 29 turdagi sport anjomlari O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosidan 475 mln so`mga qimmat narxlarda sotib olinganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






