AsosiyJamiyat

Maktablar xalq ta`limi yo`nalishidagi bosma nashrlar bilan ta`minlanadi - Prezident farmoni

'Maktablar xalq ta`limi yo`nalishidagi bosma nashrlar bilan ta`minlanadi - Prezident farmoni'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022–2026 yillarda xalq ta`limini rivojlantirish bo`yicha milliy dasturni tasdiqlash to`g`risidagi farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturga muvofiq mahalliy hokimliklar maktablarni faqat xalq ta`limi yo`nalishidagi bosma nashrlar bilan ta`minlashlari yuklatildi. 

Xususan, har bir maktab “Ma`rifat”, “Uchitel Uzbekistana”, “Tong yulduzi”, “Klass!” gazetalari, “Xalq ta`limi”, “Til va adabiyot ta’limi”, “Boshlang`ich ta`lim”, “G`uncha”, “Gulxan” jurnallari bilan obuna uchun ajratilgan mablag`lar doirasida ta`minlanadi.

Bundan ko`zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda va xalq ta`limi tizimida olib borilayotgan islohotlar, sohada joriy qilinayotgan yangiliklardan o`qituvchi-pedagoglarni bevosita bosma nashrlar orqali xabardor qilib borish, shuningdek, o`quvchilarning bilimi va tafakkurini oshirishga, ma`naviy-intellektual salohiyati, dunyoqarashini yuksaltirishga mo`ljallangan bolalar nashrlari orqali esa o`quvchi-yoshlarning darsdan tashqari bo`sh vaqtlarida o`qishlarini tashkil etgan holda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko`maklashib borishdan iboratdir.

    Boshqa yangiliklar